Xodimlar manfaati himoyada

Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida  2023 yil mart  — aprel oylarida umumiy yig‘ilishlar o‘tkazish jadvali tasdiqlangan bo‘lib, uning ijrosi bo‘yicha bir qator korxona, tashkilot va muassasalarda yig‘ilishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Namangan viloyati avtomobil yo‘llari  bosh boshqarmasida joriy yilning 15 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilish shular jumlasidandir.

Unda kasaba uyushmasi raisi Temur-Malik Usmonovning 2022 yildagi faoliyati bo‘yicha hisboti tinglandi. Shundan so‘ng Fotima Paziliddinova, Xodi Izatullaev va Matluba Xolmirzaevalar muzokara uchun so‘zga chiqishdi.

Print Friendly, PDF & Email