[:uz]Ўзбекистон транспорт, йўл ва капитал қурилиш, қурилиш индустрияси ходимлари  касаба  уюшмаси  Республика  Кенгаши[:ru]Республиканский совет профсоюза работников транспорта, дорожного и капитального строительства и строительной индустрии узбекистана[:oz]Oʼzbekiston transport, yoʼl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi[:]

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Zafar Xakimov va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Rustam Tursunmuradov ishtirokida filial talaba-yoshlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o’tkazilib, unda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.

Tadbir davomida 11-noyabr — O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tashkil etilgan sport musobaqalarida g’olib bo’lgan filial professor-o’qituvchilari va xodimlariga diplom hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali 1-kurs talabasi Qalandarova Diyora O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendiantiga aylangani munosabati bilan e’tirof etildi.