Ayni kunlarda “Ayollar daftari” bo’yicha Respublika ishchi guruhi vakillari xatlov jarayonlari, ro’yxatlarni shakillantirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatimizda bo’lib turibdi.
O’zbekiston transport, yul va kapital qurilish, industriyasi xodimlari kasaba uyushma Respublika kengashining raisi o’rinbosari B.Sultonov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o’rinbosari B.Urolboev, tumanga biriktirilgan vakil Z.Yangiboevlar Qo’shrabot tumanida o’rganishlar olib bordi.
Ishchi guruh vakillari “Ayollar daftari” 4-bosqich ro’yxatini shakllantirish, individual anketalarni sifatli va to’g’ri to’ldirish jarayoni bilan tanishdi.
Tanishish jarayonida tumandagi mas’ul xodimlar, mahalla faollariga “Ayollar daftarini” shakllantirish, xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini o’rganish bo’yicha anketa-so’rovnomalarni sifatli to’ldirish bo’yicha bir qator tavsiya va ko’rsatmalar berishdi.
![[:uz]Ўзбекистон транспорт, йўл ва капитал қурилиш, қурилиш индустрияси ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши[:ru]Республиканский совет профсоюза работников транспорта, дорожного и капитального строительства и строительной индустрии узбекистана[:oz]Oʼzbekiston transport, yoʼl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi[:]](https://transport.kasaba.uz/wp-content/uploads/2025/08/cropped-tlogo-1-1.png)



O'zbekcha