2021 yil 7 dekabr kuni institut faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan, “Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashkilotchiligida tashkil qilindi. “Qurilishni boshqarish” fakultetining birinchi bosqich talabalari tadbirda faol ishtirok etib, 5 tilda konstitutsiya va uning yaratilish tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berdilar.
Shuningdek, “Kelinlar o‘z huquqlarini himoya qiladilar” nomli sahna ko‘rinishi tadbir qatnashchilariga xushkayfiyat ulashdi. Vatan haqida yangragan kuy va qo‘shiqlar tadbirga bayramona tus berdi. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbir talaba yoshlarga huquqiy ma’lumotlarini boyitishda va madaniy hordiq olishlarida ahamiyatli bo‘ldi.
![[:uz]Ўзбекистон транспорт, йўл ва капитал қурилиш, қурилиш индустрияси ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши[:ru]Республиканский совет профсоюза работников транспорта, дорожного и капитального строительства и строительной индустрии узбекистана[:oz]Oʼzbekiston transport, yoʼl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi[:]](https://transport.kasaba.uz/wp-content/uploads/2025/08/cropped-tlogo-1-1.png)



O'zbekcha