Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan yurtimizda 28-sentyabr kuni “Xon atlas” festivalining o‘tkazilishini Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi ham katta quvonch va mamnunlik bilan kutib oldi.
Bugun ertalabdan ushbu festival filialimizda ko‘tarinki ruh, xushkayfiyat bilan boshlandi. Barcha xotin-qizlar – professor-o‘qituvchilar va talaba-qizlar egniga shoyi, adras, atlas ko‘ylaklar kiyishgan.
Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir doirasida badiiy chiqishlar tashkil etilib, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan turli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijrosi, hajviy sahna ko’rinishlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
![[:uz]Ўзбекистон транспорт, йўл ва капитал қурилиш, қурилиш индустрияси ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши[:ru]Республиканский совет профсоюза работников транспорта, дорожного и капитального строительства и строительной индустрии узбекистана[:oz]Oʼzbekiston transport, yoʼl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi[:]](https://transport.kasaba.uz/wp-content/uploads/2025/08/cropped-tlogo-1-1.png)



O'zbekcha