Bugun 7-aprel kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Namangan viloyati Kengashi tomonidan Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamda Namangan viloyati sport boshqarmasi hamkorligida Namangan shahridagi “Barkamol avlod”sport majmuasida 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan “Salomatlik sari” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.
“Barkamol avlod” o‘yingohi bo‘ylab besh ming qadamdan ortiq piyoda yurish marafoni davomida ayol hodimlar o`rtasida Stol tennisi hamda Darts sport musobaqalari tashkil etilib unda marafon ishtirokchilari faol qatnashdilar hamda “Xodimlar gimnastikasi” sport-sog‘lomlashtirish mashqlarini bajarishdi. Yurish marafoni davomida 600 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.
![[:uz]Ўзбекистон транспорт, йўл ва капитал қурилиш, қурилиш индустрияси ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши[:ru]Республиканский совет профсоюза работников транспорта, дорожного и капитального строительства и строительной индустрии узбекистана[:oz]Oʼzbekiston transport, yoʼl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi[:]](https://transport.kasaba.uz/wp-content/uploads/2025/08/cropped-tlogo-1-1.png)



Ўзбекча