[:uz]Ўзбекистон транспорт, йўл ва капитал қурилиш, қурилиш индустрияси ходимлари  касаба  уюшмаси  Республика  Кенгаши[:ru]Республиканский совет профсоюза работников транспорта, дорожного и капитального строительства и строительной индустрии узбекистана[:oz]Oʼzbekiston transport, yoʼl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi[:]

Xorazm viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasida xodimlarning jismoniy faolligini oshirish va jamoaviy muhitni mustahkamlash maqsadida har hafta futbol oʻyinlari tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sport kuni doirasida oʻtkazilgan futbol bahslarida xodimlar faol ishtirok etib, jamoaviylik, hamjihatlik va oʻzaro hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashga hissa qoʻshdilar.

Futbol uchrashuvlari xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarziga amal qilish koʻnikmalarini mustahkamlash hamda jamoadagi doʻstona muhitni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

 Inspeksiya tizimida xodimlarning salomatligini mustahkamlash va mehnat faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida sport kunlarini muntazam tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.