11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

Joriy yil 6-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi majlislar zalida“11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan  xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxasissisi Dildora Xodjaeva va Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi boshlig‘i Gulmira Palwaniyazova ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 648-sonli Qonuniga muvofiq, “11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari” kuni sifatida rasmiy belgilanishi haqida so‘zlab, bayram  bilan  barcha xodimlarni tabrikladi.

Shuningdek, ish joylarida mehnat sharoitlarini, jumladan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini, mehnat jarayonlarining og‘irligi va tig‘izligini hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligini baholash, shuningdek, mehnat sharoitlarini qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqlashtirish maqsadida ish o‘rinlari mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan davra suhbati ishtirokchilariga tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda yaratib berilayotgan sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida kasaba uyushmalari faoliyati hamda ishlab chiqarishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

Print Friendly, PDF & Email