Joriy yilning 4 aprel kuni Navoiy viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injnniring kompaniyasida 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ish beruvchilar, kasaba uyushma tashkiloti tashkilotchisi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotlari tinglandi va bir ovozdan qoniqarli deb topildi. Mehnat jamoasi yig‘ilishida ishchi xodimlarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida ham keng tushunchalar berib o’tildi.
Yig‘ilish so‘ngida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: