O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 340-son qaroriga muvofiq har yili 1-noyabrdan 30-nayabrga qadar «Keksalar uchun turizm oyligi» deb e’lon qilingan.
Mazkur qaror asosida keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga munosib e’tibor qaratish va mamlakat bo’ylab sayohat qilishlarini rag’batlantirish maqsadida turizm oyligi doirasida mamlakat bo’ylab 1-guruh nogironligi bo’lgan insonlar va nuroniylarning sayohatlarini amalga oshirish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan transport, mehmonxona tarixiy obidalar, qadamjolarga kekslar uchun imtiyozlar va chegirmalar belgilangan.
Shu munosabat bilan Toshkent arxitektura-qurilish instituti Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan institutda faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan faxriylar hamda 1-guruh nogironligi bo’lgan mehnat faxriylariga Samarqand bo’ylab sayohat tashkil qilindi.
Sayohat davomida TAQI rektori Ercan Kahya ilk marotaba hamrohlik qildi.
TAQI Matbuot xizmat
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: