O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbir “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilib, tarmoq kasaba uyushmasi tizimidagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bilim va tafakkur bellashuviga aylandi.

Tadbir avvalida universitet rahbariyati va mehmonlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu ezgu tashabbus bayramona ruhni yanada oshirdi.

Tadbirning ochilish marosimi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng, hakamlar hay’ati tomonidan jamoalar tanishtirilib, intellektual bellashuvga rasmiy start berildi.

“Zakovat” o‘yini do‘stona muhitda, yuqori saviyada o‘tkazildi.

Unda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Toshkent davlat transport universiteti
Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali jamoalari faol ishtirok etdilar.

Bellashuv yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi g’olib deb topildi

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: