Xalqimizda yo’l qurmoq savob, yo’l yurmoq rohat degan hikmat bor. Bu bejiz emas. Chunki yo’llarning ravon va tekisligi kishi dilini yayratib, huzur baxsh etadi.
So’nggi yillarda yo’lsozlik sohasidagi ishlar viloyatimizda sezilarli darajada oshdi. Avvaliga yo’llar shag’allandi, endi esa qayta qurilib asfaltlanyapti.Natijada esa yillar davomida ta’mirtalab hududlarning ichki ko’chalari tekislanib, ravon va ko’rkam yo’llarga aylanmoqda. Bu albatta, eng olis hududlardagi qishloq aholisining ham yashash sharoiti yaxshilanshiga xizmat qiladi.
Shu bugunda yo’lsozlik ishlari amalga oshirilayotgan Xo’jaobod tumani «Ipakchi» mahallasi misolida ham namoyon. Hududda amalga oshirilayotgan ishlari doirasida tuman yo’lsozlari tomonidan mahallaning ichki yo’llariga asfalt qoplamasi yotqiziib, yozda tuproq, qishda esa loy kechib yurgan mahalla aholisi endi quruq va ravon yo’llarda shukronalik bilan o’tkazishiga zamin yaratilmoqda.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: