Jamoaviy sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi tashabbus

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlarini jamoaviy sport turlariga keng jalb qilish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining topshirig‘iga asosan “Rahbar kubogi” musobaqalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan, bugun Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.

Turnirda qatnashchilar o‘z mahorat va aql-zehnlarini namoyon etishdi. Tinimsiz bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan mukofotlandi.томонидан жавоб берилди ва келгусидаги вазифалар белгилаб олинди.

Print Friendly, PDF & Email