“Namangan suv ta’minoti” AJda sport musobaqasi

“Namangan suv ta’minoti” AJ tomonidan mini futbol, shaxmat va shashka bo‘yicha qiziqarli sport musobaqalari tashkil etildi!

Musobaqalarda tuman va shahar filiallaridan jami 14 jamoa ishtirok etdi.

Natijalar quyidagicha:

–  1-o‘rin — Namangan tumani filiali jamoasi

–  2-o‘rin — Yangi Namangan tuman filiali jamoasi

–  3-o‘rin — Kosonsoy tuman filiali jamoasi

Shuningdek, tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan 40 nafar xodim esdalik sovg‘alari va “Namangan suv ta’minoti” AJ direktori tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi!

Barcha g‘olib jamoalarga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi!

Print Friendly, PDF & Email