Transport, yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi kasaba uyushmalari a’zolik badallarini o‘z vaqtida tushirib kelayotgan bir qator boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga tashrif buyurib, tizimda uzoq yillar ishlab kelgan, faol xodimlarni tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
— Men tarmoq kengashi xodimlaridan minnatdorman, — deydi Mingbuloq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobchisi Nigora Nishonova, — kasaba uyushma imtiyozlaridan tashkilotimiz xodimlari doimiy foydanalib kelamiz. Joriy yil davomida 4 nafar xodimlarimiz bepul sayohatlarga borishdi. Farzandlarimizdan 4 nafari «Kamalak» oromgohida yozgi dam olish mavsumida maroqli dam olib qaytishdi. 2 nafar xodimimiz sanatoriylarda imtiyozli davolanishdi. Har oyda kamida 2 marotaba tashkilotimizga tashrif buyurishadi, ularni o‘z urni bor biz uchun.
F.Ermatova,
Transport, yul va kapital qurilish,
qurilish industriyasi xodimlari
kasaba uyushmasi Namangan
viloyati kengashi raisi
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: