Ish jarayonida har xil voqealar bo‘ladi, jumladan, ko‘ngilsizliklar, talafotlar, baxtsiz hodisalar… Biroq, buning oldini olish mumkin. Buning uchun texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishning o‘zi kifoya. «Andijon suv ta’minoti» AJning Xonobod shahar filialida bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘ulotida bu boradagi tajriba va ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi. Unda favqulodda vaziyatlarda faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, tan jarohati yetkazilgan holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inning oldini olish va boshqa holatlar yuzasidan bilimlar amalda sinab ko‘rildi. Bu kabi tadbirlar jamoa uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tashi bilan ahamiyatlidir.



Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: