«Taxiatash issiqlik elektr stansiyasi» AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Milliylik ruhida ko’taringki kayfiyatda boshlangan konferensiyada sex tashkilotlaridan saylangan 47 nafar delegatlardan 42 nafari ishtirok etdi.

Barcha delegatlarga qoraqalpoq milliy bosh kiyimlari tarqatildi.Qoraqalpoq do’ppisi o’ziga xos bezaklari bilan ajralib turadi.

Milliy qalpoqda Vatanga muhabbat, qalbdagi mehr-muhabbat, tabiat go‘zalligi naqshlari aks ettiriladi.

Konferensiyаda O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o’rinbosari S.Egamberdiyev, ijtimoiy himoya bo’limi mudiri R.Jurayevlar ishtirok etib, kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan bu yil kasaba uyushmalarining 120 yilligi keng nishonlanishi to’g’risida aytib o’tdi.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra qo’mitaning 5 yillik faoliyati bo’yicha qo’mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi va tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va raisi hamda yuqori tashkilotning hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan qo‘mita raisi etib Abdullayev Kamol Madaminovich qayta saylandi.

Print Friendly, PDF & Email