TIL BAYRAMI

Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.

1989 yil 21 oktyabrь… Aynan shu kunda o‘zbek tilining haqiqiy jozibasini anglashni boshlashga imkoniyat berildi. O‘zbek millati uchun dunyoga tuynuk ochildi.

Shu sana munosabati bilan  Andijon viloyatidagi tarmoq kasaba uyushmasi tizimidagi ta’lim muassasalarda “Tariximsan, taqdirimsan,  kelajagimsan — ona tilim!”, Til- millat ko‘zgusi” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi. O‘tkazilayotgan tadbirlarda raqs, she’r, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, o‘quvchilar tomonidan teatrlashtirilgan sahna namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan bu kabi bayram tadbirlari shubhasiz kelajak avlod qalbida ona vatanga, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatning yanada ortishi, uning nechog‘lik ahamiyatga ekanligini anglab yetishlariga xizmat qiladi

Print Friendly, PDF & Email