Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan mamlakatimiz transport tizimida faoliyat yuritgan faxriylar, soha xodimlari va yoshlar ishtirokida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuvda faxriylar o‘z hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: