Dam olish kunlari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining bir guruh professor-o’qituvchilari Baliqchi tumani Uchbuloq ziyoratgohida bo’lishdi.
Ushbu ziyoratgohning tabiati so’lim, suvi shifobaxsh xisoblanadi. Uchta buloqdan chiquvchi suv ko’plab kasalliklarga davo sanaladi, ushbu manzilga respublikamizning turli viloyatlaridan sayyohlar kelishadi.
Institut jamoasi ham bu yer bilan tanishib chiqishdi. Yaxshi niyatlar qilib qo’llar duoga ochildi. Bu kabi sayohatlar ichki turizmni rivojlantirishda muhimdir.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: