Transport, yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustaxkamlash yili” munosabati bilan tasdiqlangan dastur hamda mamlakatimizda yaratilgan kuchli ijtimoiy himoya poydevori asosida hukumatimiz tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan aniq va maqsadli choralarni amalga oshirish, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni moddiy, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ularga berilayotgan ijtimoiy, tibbiy va maishiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, viloyat kengashi Qurilish bosh boshqarmasi, Namangan viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, tizimdagi kasb-hunar maktablarida ishlab kelayotgan nogironligi bor xodimlar viloyat kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan nogironligi bor shaxslarga 5 dona nogironlik aravachasi hamda 50 dona xassalar tarqatildi. Xayrli ishlar davom etmoqda.
Feruza Ermatova,
Transport, yo‘l va kapital qurilish,
qurilish industriyasi xodimlari
kasaba uyushmasi Namangan
viloyati kengashi raisi
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: