Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi tizimidagi tuman yullardan foydalanish unitar korxonalari, «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUKsi ham bir qator qurilish, transport tashkilotlariga ham ko‘tarinki kayfiyat taqdim etgan holda shuningdek, texnikum, kasb-hunar maktablarida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar, sohada ishlab hozirda pensiya gashtini surayotgan kishilar holidan xabar olinib, bayram tufhasi sifatida sovg‘alar tarqatildi.
Shunday tadbirlardan biri To‘raqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan xisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kasb-hunar maktabi direktori Nosirjon To‘xtanazarov tomonidan 2021 yilda bajarilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchilliklar muxokamasi va 2022 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi taxlili o‘tkazildi. Xisobot yig‘ilishi yakunida kasb-hunar maktabining barcha xodimlari, shuningdek, sog‘ligini yo‘qotgan o‘quvchilar va kam ta’minlangan oila farzandlariga sovg‘alar kasaba uyushmasi tomonidan tarqatildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: