Aholining ehtiyojmand qatlami qo‘llab-quvvatlanmoqda

Viloyatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan qatlamiga har jihatdan ko‘maklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, yiqilganni suyash, yordam qo‘lini cho‘zish, savob uchun xayr ehson qilish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan sanaladi. Ana shunday ezgu sahovat yo’lini tutgan Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan Andijon tumani «Maorif» hamda «Yangiobod» MFY da istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarga qish mavsumidan betalofat olib chiqish va ularni holidan habar olish maqsadida ko’mir yoqilg’isi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Amalga oshirilayotgan moddiy va ma’naviy ko‘mak, qo‘llab-quvvatlash ishlari viloyatimizda “inson qadri uchun” tamoyili ustuvor bo‘lgan islohotlarning yorqin namunasidir.

Print Friendly, PDF & Email