Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining besh tashabbus markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Arxitektura fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Aminxo‘ja Jamolov, Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova, fakultet tyutorlari hamda fakultet talaba yoshlari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida tashkilotchilar tomonidan yangi talqindagi konstitutsiyamizning mohiyati, unga kiritilgan o‘zgarishlar tog‘risida davra suhbati tashkil etilib, ijodkor talabalarimiz o‘rtasida mavzu yuzasidan rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: