“Yashil makon” loyihasi

Yurtimizda keng koʻlamda olib borilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasida tumanimizdagi kirxona tashkilotlarda kuzgi koʻchat ekish ishlari qizgʻin olib borilmoqda. Yaxshidan bogʻ qoladi, deganlaridek, ayni kunlarda Bog‘otlikman degan inson nihol qadash va kichkina bo‘lsa ham bogʻ tashkil etish bilan umummilliy loyiha ishtirokchisi bo‘lmoqda.

Bu kabi xayrli ishlar Bog‘it tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tashabbusi bilan bugun 4R-156 Urganch-Hazorasp avtomobil yo‘lining 40-41 kilometr oralig‘iga 315 tup mahalliy sharoitimizga mos bo‘lgan tut va qayrag‘och koʻchatlari oʻtqazildi.           

Print Friendly, PDF & Email