BIR MAQSAD YO‘LIDA BIRLASHAMIZ!

Navoiy shahar hokimligida ijtimoiy sheriklik asosida nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarni kasaba uyushmasiga jalb qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy shahridagi xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, BSK rahbarlari ishtirok etishdi. Seminarni shahar hokimi Ergashev Dilmurod Bekmuradovich ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining raisi o‘rinbosari Sultonov Bahodir Fozilovich seminar ishtirokchilariga kasaba uyushmasi afzalliklari va mehnat qonunchiligi to‘g‘risida tushuntirishlar berdi.

📄Seminar ishtirokchilariga mavzuga aloqador qo‘llanma va bukletlar tarqatildi.

♻️Bir so‘z bilan aytganda, seminar ishtirokchilari mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq va mazmunli javob oldilar. Seminarlar savol-javoblar va muzokaralarga boy tariqasida o‘tdi.

Print Friendly, PDF & Email