Саёҳат қилинг, ҳаётнинг ҳар лаҳзасидан баҳра олинг!

⚡️ Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan korxona-tashkilotlar ishchi-xodimlari o’rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini Xorazm viloyati saralash bosqichi Urganch shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda tizim korxonalarining 17 ta jamoasi o‘zaro bellashmoqda.


⭐️ Yo‘l xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish, aqliy salohiyatini mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida har bir muassasa ishchi-xodimlaridan iborat 6 kishilik jamoa shakllantirilgan.


✔️Jamoalar tarkibida mutaxassislar, yo‘lni saqlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar va oddiy ishchilar ham bor.

Print Friendly, PDF & Email