Namangan viloyati Chortoq tumanining Baliqli ko‘l qishlog‘i ko‘pning nazari tushgan maskan. Bu joyda viloyat peshtoqining gavhari Sulton Uvays maqbarasi bor. Ziyoratgoh yillar davomida turli ko‘rinishdagi binolar timsolida hazratning maqbalarini asrab-avalab kelgan. Qadimiyligi bilan qo‘r to‘kib turgan ushbu qadamjoga tashrif buyuruvchilar soni bugun nihoyatda ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Transport, yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tizimidagi To‘raqo‘rg‘on 2-sonli kasb-hunar maktabi ukituvchi va ishlab chikarish talimi ustalari hamda uzoq yillar ishlab kelgan mehnat faxriylari hazrat Sulton Uvaysning ruhi poki qo‘nim topgan ushbu ziyoratgohga tashrif buyurishdi.
— Sulton Uvays maqbaralarini ziyorat qilish barchamiz uchun sharafli, qadamjo atrofidagi Baliqli ko‘lning esa ta’rifiga til ojiz, — deydi kasb hunar maktabi kasaba uyushmasi qo‘mita raisi Abdujabbor Tojiaxmedov. — Bu ziyoratgoh aynan bizning viloyatda joylashgani faxrimiz bo‘lsa, bu yerga hamkasblarimiz bilan kelib ziyorat qilish odamga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Baliqli ko‘l baliqlarini tomosha qilgan odamning esa bahri dili ochiladi.
Butun islom olami olqishlagan tabarruk zotning bosib o‘tgan yo‘li, insoniy fazilatlari, hikmatli so‘zlari barcha uchun birdek qiziq.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: