“HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN ChETDA QOLMAYDI”

Transport, yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustaxkamlash yili” munosabati bilan tasdiqlangan dastur hamda mamlakatimizda yaratilgan kuchli ijtimoiy himoya poydevori asosida hukumatimiz tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan aniq va maqsadli choralarni amalga oshirish, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni moddiy, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ularga berilayotgan ijtimoiy, tibbiy va maishiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - photo_2018-12-03_10-47-49-1024x768.jpg

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - photo_2018-12-03_10-46-53-1024x768.jpgJumladan, viloyat kengashi Qurilish bosh boshqarmasi, Namangan viloyati avtomobil yo‘llari  bosh boshqarmasi, tizimdagi kasb-hunar maktablarida ishlab kelayotgan nogironligi bor xodimlar viloyat kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan nogironligi bor shaxslarga 5 dona nogironlik aravachasi hamda 50 dona xassalar tarqatildi. Xayrli ishlar davom etmoqda.

Feruza  Ermatova,

Transport, yo‘l va kapital qurilish,

qurilish industriyasi xodimlari

 kasaba uyushmasi Namangan

viloyati kengashi raisi

Print Friendly, PDF & Email