Keksalar uyidagi otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi

Аndijon iqtisodiyot va qurilish institutida 2023-yilning iyun oyida oʼtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi asosida belgilangan ishlar har kuni yuqori saviyada amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 8-iyun kuni rahbar xodimlar, professor-oʼqituvchilar, tyutor va talabalaridan iborat institut jamoasi vakillari Аndijon shahrida joylashgan “Muruvvat” keksalar uyiga borishdi.

✅ “Muruvvat” keksalar uyida istiqomat qilayotgan otaxon va onaxonlar holidan xabar olinib, ular bilan yaqindan suhbatlashildi. Suhbatlar davomida keksalar ham oʼzlari uchun yaratilayotgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirib, mamlakatimizda inson qadri uchun olib borilayotgan islohotlarga shukronalik va minnatdorliklarini izhor etdilar. Tadbir davomida otaxon va onaxonlarga institut jamoasi tomonidan sovgʼalar topshirildi. Ularning yuz-ko’zlaridagi quvonch yanada xayrli ishlar qilishga undashi bor gap.

Print Friendly, PDF & Email