“MEN KIM BOBUR AVLODI” DEB NOMLANGAN TADBIR

Transport, yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tizimidagi  To‘raqo‘rg‘on 2-sonli kasb-hunar maktabi:

Bu yil jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘ldi. Ushbu sanani keng nishonlash to‘g‘risidagi Prezident Qaroriga muvofiq, yubiley doirasida mamlakatimizdagi Bobur nomi bilan bog‘liq obida va qadamjolarni ta’mirlash, shoir merosiga mansub qo‘lyozma, qadimiy kitoblar, san’at asarlari va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli darajada saqlash uchun zarur sharoit yaratish, xorijda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish hamda tadqiq qilish vazifalari belgilangan.

Axsikent Zahiriddin Muhammad Bobur qadamjosi sifatida tabarrukdir. Shu bois har yilgidek, bu yerda viloyat va hokimliklari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat, tuman bo‘limlari, «Axsikent» arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi, kasb-hunar maktabi hamda bir qator hamkor tashkilotlar  “Men kim Bobur avlodi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Ziyoviddin Mansurov olib borgan ma’naviyat bayramida viloyat teatri san’atkorlari, shoir va adiblar Bobur hayoti va ijodini tarannum etdilar. Turli hunarmandchilik va kitoblar ko‘rgazmalari, sportchilarning chiqishlari namoyish etildi. Doshqozonda ehson sumalagi pishirildi. Ziyoratchilar ochiq osmon ostidagi muzeydagi yangiliklar bilan tanishdilar.

Print Friendly, PDF & Email