Bugun O’zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan 2022 yil 28 oktyabrda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amaliyotga tadbiq etish to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Navoiy shahar Adliya bo‘limi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi malakali mutaxassislari tomonidan yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Seminarda tarmoqga a’zo korxonalarning boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari, xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari hamda yuristlari faol ishtirok etdi. Seminar savol-javob va muzokaralar boy tariqasida o‘tdi. Ishtirokchilarga yangi Mehnat kodeksi ish faoliyatida foyladanishlari uchun tarqatildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: