Xalqimiz tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlangan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga ham fuqarolarning mehnat sohasidagi huquq va manfaatlarini munosib himoya qilishga qaratilgan yangi normalar kiritildi. Davlat fuqarolar bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi, fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi va rag‘batlantirishi kabi muhim normalar Konstitutsiyamizda aks etayotgani barcha ishchi-xodimlarni quvontirmoqda.
Marhamat tumani yo’llardan foydalanish UK yurist maslahatchisi tomonidan korxona ishchi xodimlari bilan hamkorlikda yangi Mehnat kodeksida keltirilgan mehnat huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan birga, ish tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanishda davlat kafolatini ta’minlash, qolaversa, ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashga, ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirishga xizmat qilishi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: