Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda 21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan tadbirlardan biri To‘rao‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida ham “Til – millat ko‘zgusi” nom bilan adabiy kecha tashkillandi. Tadbirda talabalar badiiy sahnalar orqali yig‘ilganlarga o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Bundan tashqari, kasb-hunar pedagog xodimlari o‘rtasida “Hayot go‘zal” mavzusida diktantlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar boshqa muassasalarda va tashkilotlarda ham davom etmoqda.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: