“Ayollar daftari”bo’yicha Respublika ishchi guruhi ishi davom etmoqda

Ayni kunlarda “Ayollar daftari”  bo’yicha Respublika ishchi guruhi vakillari xatlov jarayonlari, ro’yxatlarni shakillantirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatimizda bo’lib turibdi.

O’zbekiston transport, yul va kapital qurilish, industriyasi xodimlari kasaba uyushma Respublika kengashining raisi o’rinbosari B.Sultonov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o’rinbosari B.Urolboev, tumanga biriktirilgan vakil Z.Yangiboevlar Qo’shrabot tumanida o’rganishlar olib bordi.

Ishchi guruh vakillari «Ayollar daftari» 4-bosqich ro’yxatini shakllantirish, individual anketalarni sifatli va to’g’ri to’ldirish jarayoni bilan  tanishdi. 

Tanishish jarayonida tumandagi mas’ul xodimlar, mahalla faollariga «Ayollar daftarini»  shakllantirish, xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini o’rganish bo’yicha anketa-so’rovnomalarni sifatli to’ldirish bo’yicha bir qator tavsiya va ko’rsatmalar berishdi.

Print Friendly, PDF & Email