Buxoro viloyati qurilish va kommunal sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi hamda Buxoro viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid masalalar boʼyicha huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qonunga muvofiq javobgarlikka tortililishi muqarrarligi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʼgʼrisida axborot berayotgan shaxslarning himoya qilinishi kafolatlanishi, xodimlar tomonidan ish faoliyatida xizmat vazifalarini bajarish davomida korrupsiyaga yoʼl qoʼymaslik, uning oldini olish, bartaraf etish va oʼz vaqtida huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor etishlari lozimligi boʼyicha qat’iy  ogohlantirib, kelgusida ularga yoʼl qoʼymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.   

Print Friendly, PDF & Email