Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Rustam Tursunmuradov tashrif buyurib, filialning yangi ta‘mirlangan sport binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbir davomida filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalarining g‘oliblari kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar

Print Friendly, PDF & Email