Tadbir o’tkazildi

Bugun institutda «O’zbekiston bunyodkori» ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi muharririyati xodimlari bilan institut professor-o’qituvchilari, talabalari o’rtasida uchrashuv muloqot bo’lib o’tdi. Unda so’z olganlar mamlakatimizda qurilish, bunyodkorlik ishlari, yangilanishlar haqida gapirib o’tdilar. Shu bilan birga iqtisodiyotimizni rivojlantirish borasidagi islohotlar haqida ham aytib o’tildi.

Ma’lumot o’rnida ushbu gazetada yurtimizdagi qurilish va bunyodkorlik ishlarini keng yoritib keladi. Gazeta sahifalarida qurilish,kommunal soha, qurilish materiallari sanoati yoritib kelinadi.

Uchrashuvda ham institutning qurilish yo’nalishidagi fakultetlari o’qituvchilari va talabalari bilan hamkorlikni yaxshi yo’lga qo’yib olish ham maqsad qilib olindi. Bu bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Print Friendly, PDF & Email