Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida «Xon Atlas» festivali o’tkazildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan yurtimizda 28-sentyabr kuni “Xon atlas” festivalining o‘tkazilishini Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi ham katta quvonch va mamnunlik bilan kutib oldi.

Bugun ertalabdan ushbu festival filialimizda ko‘tarinki ruh, xushkayfiyat bilan boshlandi. Barcha xotin-qizlar — professor-o‘qituvchilar va talaba-qizlar egniga shoyi, adras, atlas ko‘ylaklar kiyishgan.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir doirasida badiiy chiqishlar tashkil etilib, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan turli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijrosi, hajviy sahna ko’rinishlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Print Friendly, PDF & Email