Sizning halol va  sharafli  mehnat yo‘lingiz biz uchun ibrat!

17 may kuni institutning kichik Faollar zalida institut xotin-qizlar maslahat kengashi, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi va yoshlar masalalari, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikda “SIZNING HALOL VA  SHARAFLI  MEHNAT YO‘LINGIZ BIZ UCHUN IBRAT!” mavzusida institutning faxriy onaxonlari bilan  uch avlod  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori Ch.J.Turkyilmaz ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarni chin dildan qutladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Uzoqov, xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi A.Axunjanov, institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M.Boboqulova, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat”tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Z.Yasakov va mutaxassisi M.Ibragimovalar o‘z so‘zlarida institutning faxriy professor-o‘qituvchi va xodimalariga hurmat va ehtiromlarini izhor qilib, ularning hayot yo‘llari haqiqatan ham yoshlarga ibrat ekanligini ta’kidladilar.

Tashrif buyurgan faxriy xotin-qizlar tadbir tashkilotchilariga hurmat va e’tiborlari uchun  o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Tadbir so‘ngida tashrif buyurgan mehmonlarga kasaba uyushmasi tomonidan tashkil qilingan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email