Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati!

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - photo_2021-12-09_12-20-28-1024x682.jpg2021 yil 7 dekabr kuni institut faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan, “Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashkilotchiligida tashkil qilindi. “Qurilishni boshqarish” fakultetining birinchi bosqich talabalari tadbirda faol ishtirok etib, 5 tilda konstitutsiya va uning yaratilish tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berdilar.Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - photo_2021-12-09_12-20-30-1024x682.jpg

Shuningdek, “Kelinlar o‘z huquqlarini himoya qiladilar” nomli sahna ko‘rinishi tadbir qatnashchilariga xushkayfiyat ulashdi. Vatan haqida yangragan kuy va qo‘shiqlar tadbirga bayramona tus berdi. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbir talaba yoshlarga huquqiy ma’lumotlarini boyitishda va madaniy hordiq olishlarida ahamiyatli bo‘ldi.Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - photo_2021-12-09_12-20-31-1024x682.jpg

Print Friendly, PDF & Email