«Jaholatga qarshi ma’rifat» shoiri ostida boshqarmada davra suhbati o’tkazildi

«Aholi orasida radikallashuvni oldini olish»  mavzusida o’tgan davra suhbatida boshqaqma xodimlari, viloyatda yo’lovchi tashi bilan shug’ullanuvchi korxonalar rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Din ishlari bo’yicha qo’mita vakillari va qator mehmonlar so‘zga chiqdilar.

Unda milliy qadriyatlarimiz, tilimiz, dinimizga hurmat, globallashuv zamonida har bir ayolning oiladagi ayniqsa, farzand tarbiyasidagi o‘rni, farzandlarimizning tarbiyasida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, bunda u ta’lim olayotgan muassasa bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi lozimligi, farzandning qiziqishlari, iste’dod va iqtidorini qo’llab quvvatlagan holda uning zararli odatlar, mashg‘ulotlarga berilishining  oldini olish singari dolzarb masalalarda ma’ruza va fikrlari tinglandi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish, burch va mas’uliyat, farzand voyaga yetkazish, kechirimlilik singari insoniy fazilatlar, oilaviy nizolarning oldini olishga qaratilgan fikrlar, zarur tavsiyalar berildi.

Print Friendly, PDF & Email