“Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida targ‘ibot uchrashuvlari davom etmoqda

So’nggi yillarda jamiyatimizning har jabhasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonda erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tom ma’noda aytganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayotimiz asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi Qo’rg’ontepa yo’llardan foydalanish davlat musassasi huquq-maslahatchisi tomonidan tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida uchrashuv tashkil etilib barobarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5618 sonli farmoni yuzasidan targ’ibot ishlari amalga oshirildi.

Print Friendly, PDF & Email