Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tashkil etildi

Bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan Yangiyer davlat va jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari vakillari, mehnat faxriylariga «Sirdaryo viloyatining 60 yilligi» koʼkrak nishonlari topshirildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan Toshkent kimyo-texnolgiya instituti Yangiyer filiali o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Zafar Abdiqulovga ta’lim sohasida olib borayotgan samarali mehnati uchun Sirdaryo viloyati hokimining faxriy yorlig’i topshirildi.

Tadbirni Yangier shahar hokimi Otabek Nosirov kirish soʼzi bilan ochib berdi. Tadbir ishtirokchilarini qutlugʼ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etib, bosh qomusimiz bugungi baxtli hayot va nurli kelajagimiz timsoli, har bir inson huquq va erkinliklarini kafolatlovchi muhim hujjat ekanligini taʼkidladi.

Print Friendly, PDF & Email